"Real Madrid" yarim himoyachisi Dani Sebalos "Real Betis" qiziqishi doirasiga tushib qoldi.
Sevilya klubi yozda 25 yoshli yarim himoyachini sotib olishga urinib ko'rdi, ammo
"qaymoqranglilar" uni qo'yib yubormadi, deb xabar berdi Mundo Deportivo nashri.
Manba xabariga ko'ra, "Betis" qishda yana futbolchini o'z safiga qaytarishga harakat qiladi.
Eslatib o'tamiz, Dani Sebalos "Betis" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U ushbu jamoani 2017-
yilning yozida tark etgandi. Hozirda futbolchi Olimpiyadada olgan jarohatini tiklamoqda.