Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Toni Kroos "Selta"ga qarshi to'rtinchi tur doirasidagi bahsni o'tkazib yuboradi. Ma'lum bo'lishicha, nemis futbolchisining belidagi surunkali jarohati tufayli maydonga tushmaydi, deb xabar beradi
MadridistaReal nashri.
Manbaga ko'ra, himoyachi Nacho Fernandesda ham 11 sentyabr kuni bo'ladigan bahsda o'ynash imkoniyati deyarli yo'q.
Qayd etilishicha, uchrashuvda xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich va himoyachi Ferlan Mendi ishtirok etishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, "Real" Mendining qaytishini to'rt hafta ichida kutgandi, ammo unga to'rt oydan ko'proq vaqt kerak bo'ldi.