«Barselona» prezidenti Joan Laporta Evropa Superligasi loyihasini qo'llab-quvvatlashini yashirib o'tirmayapti.
«Superliga loyihasi hamon tirik. Bu uch klub kuchli maqomini saqlab qoladi. Bosim va sanktsiyalarga urinishlar hech narsaga olib kelmaydi.
Ko'p klublar bizga bu yo'lda davom etishimizni maslahat berishdi, chunki bu ularga ham ancha qulay. Loyihaning davomini to'xtatish uchun UEFA hech narsa qila olmaydi.
«Manchester Yunayted» va «Liverpul» kabi ingliz klublari loyihaning harakatlantiruvchi kuchi edi, lekin ular katta bosim ostida qolishdi.
Ha, biz loyihani yaxshiroq taqdim etishimiz mumkin edi. Hali ushbu turnir formati dunyodagi eng jozibali tizim bo'ladi va klublarga foyda keltiradi», - deydi Laporta.