Karim Benzema birinchi marta o'zining sobiq jamoasi "Lion"ning yangi stadionida o'ynaydi. Biroq, seshanba kuni u ushbu klubni emas, aksincha Frantsiya terma jamoasi libosini himoya qiladi.
"Men hali yangi stadionda o'ynaganim yo'q. Hammasi boshlangan shahrimga
qaytish o'zgacha bo'ladi", deydi futbolchi Telefoot nashriga bergan intervyusida.
Benzema "Lion" muxlislariga maxsus xabar yubordi:
"Umid qilamanki, sizning oldingizda gol uraman va sizni yana xursand qilishga vada beraman. "Davom et, Lion!",- dedi Karim xabarida.
Liondagi Frantsiya terma jamoasi JCh-2022 saralash bosqichi doirasida Finlyandiya mehmonlari bilan uchrashadi.