"COPE" xabariga ko'ra, posbon LaLiga doirasida "Selta"ga qarshi o'yinni o'tkazish uchun jamoasi ixtiyoriga jo'nab ketgan. Golkiper bu borada terma ustozi Roberto Martinesdan ijozat olgan.
"Real"ning boshqa bir futbolchisi Eden Azar esa terma ixtiyorida qolgan va u Qozonda o'tadigan bahsga tayyorlanmoqda. U payshanba kuni "Real"ga qaytadi.
Oldinroq malum qilinganidek, Romelu Lukaku, Toma Mene va Yan Vertongen kabi futbolchilar ham klubiga qaytib ketgan.
Belorussiya — Belgiya bahsi 8 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.