"Qirollik klubi" veb-saytiga har oyda o'rtacha 1,516 million foydalanuvchi tashrif buyuradi.
Ikkinchi o'rinni "Manchester Yunayted" sayti egallaydi (oyiga o'rtacha 843 ming foydalanuvchi, "Liverpul" sayti esa kuchli uchlikni (816 ming) yakunladi. Keyingi o'rinlarni "Barselona", "Yuventus", "CHelsi", "Manchester Siti", "Arsenal", "Bavariya" va PSJ band etgan.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya chempionatining dastlabki uch turida madridliklar etti ochko jamg'ardi.