Belgiya terma jamoasi darvozaboni Tibo Kurtua JCh-2022 saralash bosqichi doirasida
Chexiyaga qarshi (3:0) o'yindan so'ng fikr bildirdi.
"Men jamoa bilan Belarussiyaga bormayman. "Real" bilan juda muhim o'yinim bor va meni uzoq safar kutib turibdi. O'ylaymanki, bu boshqa darvozabon o'ynashi uchun yaxshi imkoniyat",- deb Kurtuaning so'zlaridan iqtibos keltirdi UEFA rasmiy sayti.
Bu o'yindan so'ng, Belgiya 13 ochko bilan E guruhida birinchi, Chexiya 7 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallab turibdi.