"Real Madrid" kelasi yil bir nechta futbolchilar bilan shartnomasini uzaytirmaydi, ularning shartnomasi 2022 yilda tugaydi, deb xabar beradi Marca nashri.
Manbaga ko'ra, gap Marselo, Isko va Garet Beyl haqida ketmoqda. Ular katta ehtimol bilan 2022 yil 30 iyunda "Real" tarkibini erkin agent maqomida tark etadi.
Qayd etilishicha, klub Luka Modrich bilan shartnomani uzaytirish muammosi hali-ham hal qilinmagan. Xorvatiyalikning shartnomasi ham 2022 yilning yozida tugaydi, uning ham kelajagi joriy yilda madridliklar safida ko'rsatgan o'yinlari darajasiga bog'liq bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, 9 sentyabr kuni Modrich 36 yoshga to'ladi.