"Lion" yarimhimoyachisi Rayan Sherki kelajakda "Real"ga o'tishni xohlashini aytdi.
"Men o'z kareramni shunday ko'rmoqdaman: "Lion" bilan muvaffaqiyat qozonish, keyin boshqa klubga o'tish. "Real"da o'ynashni orzu qilganimni hech qachon yashirmaganman. Bu eng buyuk klub",-deydi 18 yoshli yarimhimoyachi Onze Mondial nashriga bergan intervyusida.
O'tgan mavsumda Sherki "Lion" safida barcha turnirlarda 30 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va shuncha golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali yosh iqtidorni 27 million evroga baholamoqda.