Eslatib o'tamiz, futbolchi 31 avgust kuni jarrohlik amaliyotini o'tkazdi. Unda oyoq mushaklarining jiddiy shikastlanishi kuzatilgandi.
"O'zimni yaxshiroq his qilyapman, biroq og'riqsiz o'tgan on yo'q. Hozircha qachon qaytishimni bilmayman, biroq shu kunni yaqinlashtirish uchun ko'p mehnat qilyapman", - dedi Kroos.
O'tgan mavsumda Kroos LaLiganing 28 o'yinida qatnashib, 3 gol va 10 assist qayd etdi.