"Real" hujumchisi Garet Beyl Madrid klubi bilan shartnomasini uzaytirishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
- Mavsum endigina boshlandi, siz ham shunga o'xshash savollarni berayapsiz! Rostini aytsam, hozir faqat terma jamoaning Belarusga qarshi yakshanba kungi o'yini
haqida o'ylayman. Men faqat har bir o'yin haqida o'ylayman va dam olishga harakat qilaman, - uelslikning so'zlarini keltiradi Wales Online nashri
Futbolchining amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyunida yakuniga etadi.
Joriy mavsumda, Beyl 3 ta o'yin o'tkazdi va bitta gol urdi.