"Real" yarim himoyachisi Dani Sebalos "Betis" qiziqishlari doirasida, deb xabar beradi Marca nashri.
O'tgan yozda klub 25 yoshli yarim himoyachini sotib olmoqchi bo'lgan, ammo
"qaymoqranglilar" uni qo'yib yubormagan. Qishda andusiyaliklar klubi yana futbolchini o'z safiga qaytarishga harakat qiladi.
Sebalos - "Betis" tarbiyalanuvchisi, uni 2017-yilning yozida tark etgan. Hozirda futbolchi Olimpiadada olgan jarohatini davolayapti.