"Real" hujumchisi Karim Benzema kam gol urayotgani borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi. Frantsiyalik futbolchi yakunlanayotgan mavsumda La liga doirasida 9ta gol urdi, ammo Karim Evropa chempionlar ligasida jami 51ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.
"29 yoshga kirib erishgan natijalarim bilan faxrlanaman. Bu raqamlar muhim, ammo ular futbolning o'zidan muhim emas. Hozirgi kunda statistika, reytinglar yuqori qadrlanadi. Lekin futbol — bu NBA (milliy basketbol ligasi) emas. Futbol — jamoaviy o'yin. Albatta, hujumchi vaziyatlardan foydalanishi kerak, ammo barcha narsani bunga bog'lab qo'yish to'g'ri emas.
Men 7 yildan beri "Real"da yuqori saviya namoyish qilib kelyapman. Kardiffda bizni navbatdagi final kutmoqda. Orzularimga erishishda davom etaman", – dedi Benzema.