Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real» va «Barselona» inqirozda. Ispaniyada «Atletiko» davri boshlanadimi?

.
- Yuklab olish

Tarixiy nazar solar ekanmiz “Atletiko” La Ligada chempion bo'lish bo'yicha, albatta, ikki jamoadan ortda qolayotganini ko'rishimiz mumkin.

Ular 11 marta mamlakat chempioni bo'lishgan. Ikki marta ketma-ket chempion bo'lgan mavsumlari ham bo'lgan. Bu oxirgi marta 1951 yilda sodir bo'lgan. 2014 yildagi g'alabadan so'ng, “matraschilar” o'yinida darhol sho'ng'ish bo'ldi.

Jamoani David Vilya, Diego Kosta va Tibo Kurtua kabi asosiy o'yinchilar tark etishdi.

1997 yilda ham jamoa chempion bo'lgandi. Kelasi mavsum esa chempiondan 21 ochko ortda qolgan. 3 yildan so'ng ular hatto ikkinchi divizionga tushib ketishgandi.

Endi Madridda hamma bu boshqa takrorlanmasligini aytmoqda. Yulduzlar sotilmasligi va o'yin faqatgina yaxshilanishi uchun harakat qilishni. Odatda bunday gaplarni har bir klub vakilidan eshitishimiz mumkin. Ammo hozir vaziyat shundayki, ular “Real” va “Barsa”dan ko'ra yaxshiroq kayfiyatda.

«2014 yildan keyin qiyin bo'ldi, chunki ko'p futbolchilar ketishdi. Endi ko'pchilik ‘qochishga’ intilmayapti. Bu yaxshi xabar, lekin avvalgidan-da ko'p ishlashga to'g'ri keladi», – deydi Diego Simeone.

“Barselona” moliyaviy inqirozga yuz tutdi. “Real Madrid” ham stadionini yaxshilash uchun katta kreditlar olgan. Ko'pchilik, “Atletiko”da bu holat bo'yicha hammasi joyida, deb o'yladi. Ha, “Chelsi” Saulni ijaraga oldi, lekin ular Antun Grizmanni Madridga qaytarishga muvaffaq bo'lishdi, u Luis Suares super juftlik bo'lishi kutilmoqda.

Ammo, “Atletiko”ning ham moliyaviy ahvoli a'lo darajada deyish noto'g'ri bo'ladi. Oxirgi ma'lumotlarga ko'ra, klubning 590 million evro qarzdorligi bo'lib, o'tgan mavsumda 80 million evroga yaqin zarar ko'rgan. Pandemiya ularga ham etarlicha zarar keltirdi. Biroq klub egalari bu holatdan ko'p ham xavotirda emas. Ularning hamkorlari etarlicha boy kompaniyalar. Masalan, Wanfa Group va Quantum Pasific.

Iyul oyida Simeone shartnomasini 2024 yilgacha uzaytirdi va uning maoshi sezilarli darajada oshmadi. Lekin u hali ham dunyoning eng ko'p maosh oluvchi murabbiylaridan biri bo'lib qolmoqda.

“Udineze”dan 27 yoshli yarim himoyachisi Rodrigo De Paul 35 million evro evaziga jamoaga olib kelindi. “Atletiko” shartmona imzolashni kechiktirib o'tirmadi va tezda fulbochini jamoaga olib keldi.

Keyingi qadam Stefan Savich, Xose Mariya Ximenes va Markos Llorente bilan shartnomani uzaytirish bilan davom ettirildi.

Klubning boshqa barcha harakatlari ko'pchilikning e'tiborini tortmadi. 20 yoshli braziliyalik Markos Paolo jamoaga erkin agent sifatida qo'shildi, va Portugaliyaning “Famalikan” klubiga ijaraga berildi. Darvozabon Benjamin Lekomte “Monako”dan ijaraga olindi, lekin u Yan Oblak bilan raqobatlasha olmaydi.

Ishbilarmonlik nuqtai nazaridan, yoz ular uchun ajoyib bo'lib chiqdi, lekin maydondagi holat yaxshi deb, bo'lmasdi. Simeone Evro va Amerika kubogidan keyin charchagan futbolchilar bilan ishlashi kerak edi va bu holat jarohatlarsiz o'tmadi.

Tomas Lemar va Mario Ermoso “Numantsiya”, “RB Zalsburg”, “Volfsburg“, “Kadis“ va “Feenoord“ jamoalariga qarshi to'liq o'ynagan futbolchilar. Suarez va Kiran Tripper maydonga umuman tushmadi. Savich esa tizzasidan jarohat olib, hamma o'yinlarni o'tkazib yubordi.

Bu yosh futbolchilar uchun o'zlarini ko'rsatish uchun ajoyib imkoniyat bo'ldi. Suares o'rnini yosh futbolchi Juliano Simeone egalladi, u o'tgan mavsumda “Atletiko” safida 10 o'yinda 3 ta gol urdi va asosan chap qanotda o'ynadi. Bosh murabbiyning o'g'li odatdagidek jismoniy chidamlilik ko'rsatdi, ammo gol ura olmadi. “Uning o'sishi uchun joy bor, ko'ramiz, u biz bilan qoladimi yoki ‘B’ jamoaga o'tadimi”, deb xulosa qildi murabbiy.

So'nggi yillarda jamoaning o'yin uslubi qanday o'zgargan bo'lsa, Simeone va uning ishonchli murabbiylari ham vaqt o'tishi bilan futbolchilarga qachon talab qo'yish kerakligini va qachon biroz dam olish kerakligini o'rgatishdi.

“Simeone o'z futbolchilariga haddan tashqari ko'p yuklamalar berib yuboradi, bu esa ularning uslubdan zerikib qolishiga sabab bo'lishi mumkin”, – deydi klub vakilidan biri. Ammo ular qanchalik charchagan bo'lishidan qat'iy nazar, hozirda “Atletiko” kamdan-kam kuzatiladigan holatda. Ya'ni ular chempionatda eng ishonchli jamoa bo'lib ko'rinyapti.

Mana ular uchun ikki klubning soyasidan chiqishga imkoniyat. Hozir bo'lmasa qachon?


Ruslan Maksimov tayyorladi

BestMaster
4 Sentabr 2021, 21:00
«real», «barselona», inqirozda, ispaniyada, «atletiko», davri, boshlanadimi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads