Endi Bildim! Bu bizning yangi loyiha. Bu loyiha mobaynida futbolga oid qiziqarli faktlar va hodisalar bilan tanishtirib o'tamiz.
Xet-trik nafaqat futbolda balki boshqa sport turlarida ham uchraydi. Aslida, bu ibora qaerdan paydo bo'lgan? Bu ibora aslida kriketdan kelib chiqqan. Kriketchi 3 ta to'pni ketma-ket uch bora darvozaga etkazib berganda, uni taqdirlash uchun "hat" ya'ni shlyapa sovg'a qilishgan.
Angliya Premer-ligasi tarixidagi eng tezkor xet-trik “Liverpul” afsonasi Robbi Faulerga tegishli. U 1994-95 yilgi mavsumda Londonning “Arsenal” jamoasi darvozasini bor-yo'g'i 4 daqiqa hamda 32 soniyada uch bor ishg'ol qilgan.Butun futbol tarixidagi eng tezkor xet-trik esa 1973 yilda argentinalik Maloni tomonidan amalga oshirilgan. “Gimnasiya va Esgrima”ga qarshi bahsda u 1 daqiqa-yu 50 soniya ichida 3 gol urib, mutlaq rekord natijani qayd etgan.
XXI asrda va butun futbol tarixida eng ko'p xet-trik qayd etgan futbolchi esa Krishtianu Ronaldu hisoblanadi. U hozirgacha 57 bora bir o'yinda uchta gol urishga muvaffaq bo'lgan. Keyingi o'rinda esa Lionel Messi. Unda xet-triklar soni 54 ta.
Chempionlar ligasi doirasida eng ko'p xet-trik qayd etgan futbolchilar ham zamonamizning ikki superyulduzi hisoblanadi. Ular 8 o'yinda 3 martadan gol urishga muvaffaq bo'lgan.
Shuningdek, Chempionlar ligasi tarixida xet-trik qilgan eng yosh futbolchi "Real" futbolchisi Raul hisoblanadi. U 18 yosh-u 113 kunligida bu natijani qayd etdi. Undan keyingi o'rindan ham aynan "qirollik klubi" futbolchisi joy olgan. Braziliyalik Rodrigo 2019 yil "Galatasaray"ga qarshi bahsda 3 ta gol urib, bu borada ikkinchi ko'rsatkichni qayt etdi.
Xudayqulov KARIM tayyorladi