Yarimhimoyachi Eden Azar "Real"dagi faoliyati haqida gapirdi.
"Men "Real"da o'zimni baxtli his qilmayotganim haqidagi gaplar to'g'ri emas. Ayni payda klubda juda baxtliman. Hamma biladiki, futbolchi o'ynasa va gol ursa, baxtli bo'ladi. Men unchalik ko'p o'ynamadim va tez-tez gollar ham urmaganman. Bu esa mening jamoaga bo'lgan muhabbatimga ta'sir qilmaydi.
Men Madridda baxtliman, bu erda yashash yoqadi. Koronavirus va jarohatlar tufayli klubdagi faoliyatim unchlik yorqin emasdir, lekin maydonga tushgan uchrashuvlarda iloji boricha yordam berishga harakat qilaman. Siz xohlagan narsani o'ylashingiz mumkin, lekin men bu erda baxtliman. Bilaman, "Real"ga hali ko'p yordam bera olaman. Men gol urganimda, yana tabassum qila boshlaganimda, hamma: "Oh, u qanchalar baxtli", deyishadi. Men bu kunni kutaman”, - deydi Azar.