«Renn»dan «Real»ga o'tgan yarimhimoyachi Eduardo Kamavinga frantsuz klubi xodimlariga minnatdorchilik bildirmoqchi.
"L’Équipe" nashrining xabar berishicha, 18 yoshli futbolchi o'zining ismi yozilgan «Real» futbolkalarini «Renn»ning 166 nafar xodimining har biriga hamkorlik belgisi sifatida yuborish niyatida.
Eslatib o'tamiz, 18 yoshli futbolchi Madrid klubiga 30 million evro evaziga kelib qo'shildi.