Transfer "qaymoqranglilar" uchun 30 million evroga tushdi.
Yosh francuz intervyuda to'la "Santyago Bernabeu"dagi o'yinni sabrsizlik bilan kutayotganini aytdi, stadionda hozirda rekonstrukciya ishlari ketmoqda. "Bolalikdan "Real"da o'ynashni orzu qilganman. Buni xohlamaydigan insonni ko'rsating menga", - deydi Kamavinga.
Qayd etish kerakki, yarim himoyachi "Real" libosidagi ilk o'yinni 12 sentyabr kuni La Liga doirasidagi "Selta"ga qarshi o'tkazishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, "Real" kelasi yozda Erling Xoland, Kilian Mbappe va Pol Pogba bilan shartnoma imzolamoqchi.