"PSJ" yarimhimoyachisi Anxel Di Mariya "Real"da Joze Mourino qo'l ostida o'ynagani
haqidagi xotiralari bilan o'rtoqlashdi.
"Mourino aqldan ozgan, lekin u doim men bilan yaxshi munosabatda bo'lgan. Biroq, ba'zi paytlarda u har kimga baqirib ketishi mumkin edi. Unga sizning kimligingiz qiziqmasdi.
Bir marta Joze Ronalduga tanbeh berib, butun jamoa uning uchun yugurishi kerakligini tushuntirdi",- deydi argentinalik.
Eslatib o'tamiz, Di Mariya 2010 yildan, 2014 yilgacha "Real Madrid" safida harakat qilgan.