"Real" himoyachilari Nacho Fernandes va Ferlan Mendi umumiy guruh bilan mashg'ulotlarni boshladi, deb xabar beradi Madrid klubi matbuot xizmati.
Ma'lum bo'lishicha, Ispaniya La Ligasining navbatdagi turida "Real" o'z uyida "Selta" bilan o'ynaydi va Nacho ushbu o'yinda jamoaga yordam bera oladi. Mendi esa bu bahsda ishtirok eta olmaydi, lekin yaqin orada uning qaytishi rejalashtirilgan. Shuningdek, "Selta"ga qarshi uchrashuvni Toni Kroos, Luka Modrich va Dani Sebalos ham o'tkazib yuborishadi, ular hali ham individual dastur bo'yicha mashg'ulot o'tkazmoqda.
Eslatib o'tamiz, La Liganing dastlabki uch turida "Real" etti ochko to'plab, birinchi o'rinni egallab turibdi.
Oxirgi turda Anchelotti jamoasi "Betis"ni minimal hisobda mag'lub etdi. O'sha uchrashuvdagi yagona gol Dani Karvaxal tomonidan kiritilgan.