"Lion" prezidenti Jan-Mishel Olas Madridning "Real" klubi hujumchisi Karim Benzema haqida gapirdi. Olas yaqin kelajakda Karimni "Lion"ga qaytarish niyatida ekanligi haqida aytib o'tdi.
"Karim hech qachon bizning yangi stadionimizda o'ynamagan. Ehtimol, u butsalarini "mixga ilishiga" yaqin qolganda, yana bizning jamoada o'ynashi mumkin. Men buni juda xohlardim.
Benzemaning "Real Madrid" va Frantsiya terma jamoasidagi faoliyati ajoyib. Bu bizning faxrimiz. Karim "Lion"ning farzandi", deydi Olas.