"PSJ" yarimhimoyachisi Anxel Di Mariya o'zi bilan o'ynagan eng yaxshi beshta futbolchini e'lon qildi.
Birinchi o'rinda argentinalik terma jamoadagi va "PSJ" klubidagi jamoadoshi Lionel Messini, ikkinchisida jamoadoshi Marko Verrattini, uchinchi o'rinda - Parij jamoasida birga o'ynagan Zlatan Ibragimovichni qo'ydi.
To'rtinchi o'rinni Luka Modrich, beshinchi o'rinni - Toni Kroos egalladi. Di Mariya ikkalasi bilan ham "Real"da o'ynagan.
E'tiborlisi, Neymar va Krishtianu Ronaldu bu ro'yxatga kiritilmagan. Argentinalik nima uchun "Real" sobiq futbolchisi reytingga kiritilmaganini tushuntirdi.
"Men uni ro'yxatga qo'shishim mumkin, lekin u har doim maydonda o'zi bo'lishini xohlaydi va menga Leo, Verratti va Modrich kabi kamtarin futbolchilar yoqadi", dedi Di Mariya.