"Real" bilan shartnomam 5 yillik edi. Dastlabki ikki mavsum men uchun yaxshi o'tmadi. Jarohatlar mening engil o'ynashim uchun halaqit qildi. Yana 3 yillik shartnomam bor, o'zimni ko'rsatishim uchun vaqt etarli.
Umid qilamanki shunday bo'ladi. Doimo uyqudan turib, mashg'ulotlargacha o'zimni yaxshi qilishni istayman. Agarda mashg'ulotlarda og'riq his qilsam, bu o'yinga ham tasir qiladi. O'zimning qadriyatimni ko'rsatadigan paytni kutib turibman.
"Real" men uchun juda katta mablag' sarfladi. Ularning bir qanchasini qaytarish kerak.
Odamlar meni doimo jarohatda deb o'ylaydi. Haqiqatdan ham shunday. Ammo 10 yillik faoliyatim davomida men ko'plab futbolchilardan ko'proq o'yinda qatnashganman.
Nima qilishim kerak bo'lsa, o'shani qilaman. Har kuni fizioterapevt bilan ishlayapman. Mavsumning boshidan buyon ko'plab muvaffaqiyatli qadamlar bosildi.
Hozircha 100 foizga tayyor emasman. Biroq ishlashda davom etib, tezroq safga qaytishga harakat qilaman", - dedi belgiyalik.