"Onda Cero" xabariga ko'ra, "Real" franciyalik futbolchini transfer oynasining oxirgi kunida sotib olishi mumkin.
Manbaga ko'ra, bu o'tish "qirollik klubi" himoyachisi Xesus Valexoning jamoani tark etishiga sabab bo'ladi.
Avvalroq "Sevilya" sport direktori Ramon Monchi Kunde shartnomada ko'rsatilgan tovon puli to'langan taqdirdagina klubdan ketishini aytgandi. Bu miqdor 80 million evroga teng.