Hujumchi Kilian Mbappe, katta ehtimol bilan, mazkur yozgi transfer paytida «Real»ga o'tmaydi.
"Marca" tarqatgan xabarga ko'ra, «Madrid» tomonidan berilgan 170+10 million evro miqdoridagi taklif parijliklarni qanoatlantirmadi.
«PSJ» rahbariyati 22 yoshli futbolchining narxini yuqoriroq baholashmoqda. Shu bois, frantsiyaliklar bunday taklif bilan muzokaralarga kirishishmoqchi emas.
«Real» esa taklifni oshirmoqchi emas. Tomonlardan biri o'z pozitsiyasini o'zgartirmasa, 22 yoshli futbolchi jamoadan ketmaydi. Mbappe esa hozirda vaziyatni kuzatmoqda.
Frantsiyalik futbolchining «PSJ» bilan shartnomasi joriy mavsum so'ngida poyoniga etadi.