«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu Angliya chempionatining 4-turida «Nyukasl»ga qarshi o'yinda (11 sentyabr) maydonga tushishiga umid bildirdi.
«Umid qilamanki, Ronaldu «Nyukasl»ga qarshi o'yinda maydonga tusha oladi. Biz buni ustida ishlayapmiz.
Men u bilan o'ynaganimda Krishtianu hali bola edi, hozir esa u allaqachon katta persona. Muxlislar uning qaytganidan xursandlar. U - favqulodda maxsus o'yinchi», — deydi Sulsher.
Eslatib o'tamiz, 36 yoshli Ronalduning «Yuventus»dan «Manchester Yunayted»ga transferi bonuslarni hisobga olmaganda 15 million evroni tashkil etdi.