«Yuventus», «Barselona» va «Real» klublari Evropa superligasi musobaqasining formatini o'zgartirish ustida ish olib borishmoqda.
"Der Spiegel" tarqatgan xabarga ko'ra, formatning 2 xil ko'rinishi ko'rib chiqilmoqda.
Birinchisi — Superliga-1ni har mavsumda 3ta jamoa tark etib, Superliga-2ga tushib ketadi. Superliga-2dan yuqoriga 2ta jamoa ko'tariladi. Yana bir jamoa esa «wild card» orqali Superliga-1ga qo'shiladi.
Ikkinchisi loyiha esa hozirgi Chempionlar ligasini eslatadi. Jamoalar Superliga-2ga milliy chempionat natijalari orqali qo'shilishadi. Bunday holatda Superliga-2 ishtirokchilari har yili o'zgarib turadi. Unda 17 jamoa va Superliga-1dan tushib ketgan 3ta klub ishtirok etadi.
Superliganing yangi formati bo'yicha muzokaralar davom etmoqda.