Parijliklar 21 yoshli forvardni "Real"ga ketishni xohlayotgan Kilian Mbappening o'rniga ko'rib chiqayotgan edi.
Ammo, norvegiyalik PSJni rad etdi va ushbu mavsumni "Borussiya" bilan o'tkazishga qaror qildi. U ham bir yil o'tib Madrid jamoasiga yo'l olmoqchi.
Xolandning "Borussiya" bilan shartnomasiga ko'ra, kelasi yil 75 million evrolik tovon puli kuchga kiradi.
Forvard ushbu mavsum Bundesliga doirasidagi 3ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta assist qayd etdi.