"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan jarohat olgan yarimhimoyachi Garet Beylning EChL finalida "Yuventus"ga qarshi uchrashuvda maydonga tushish ehtimoli haqida fikr bildirdi.
"Ispaniya chempionatida o'ynamayotgani sababli Garet Beylning "Yuventus"ga qarshi maydonga tushmasligini hech kim aytolmaydi. Ammo hozir bu haqida gapiradigan vaqt emas. Beyl maydonda shug'ullanyapti va o'zini ancha yaxshi his qilyapti. Biz yaxshi niyatdamiz", - deydi Zidan.
Beyl 23 aprel kuni Ispaniya chempionatining 33-turida "Barselona"ga qarshi uchrashuvda (2:3) jarohat olgan edi.