"Sampdoriya" Luka Yovich va Frank Riberiga qiziqish bildirmoqda Genuyaliklar yozgi transfer oynasi yopilishidan oldin 23 yoshli serbiyalik futbolchini sotib olishni o'ylamoqda. Sky Sport Italia jurnalisti Janluka Di Martsio xabariga ko'ra, "Sampdoriya" 38 yoshli "Fiorentina" va "Bavariya" sobiq yarim himoyachisi Frank Riberiga ham qiziqish bildirgan.
Bundan tashqari, Genuyada joylashgan klub "Napoli" bilan hujumchi Andrea Petanyni transferi bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda va o'tgan mavsumda "Sampdoriya"da ijarada o'ynagan vinger Keyta Balde borasida "Monako" bilan ham aloqada bo'lgan.