"Yuventus" hujumchi Krishtianu Ronalduga o'rinbosar qidirmoqda. Portugaliyalik biroz avval rasman "Manchester Yunayted" futbolchisiga aylandi.
"Byankoneri" portugaliyalik o'rniga "Real" yarim himoyachisi Eden Azarni sotib olishni o'ylamoqda. Bu haqida taniqli Marca nashri xabar bermoqda.
Belgiyalikning o'zi "Real"da qolishni xohlagandi, lekin u Kilian Mbappening kelishi uning asosiy tarkibdagi o'rniga ta'sir qilishini tushunmoqda.
"Yuventus" 30 yoshli futbolchini katta mablag' sarflamay sotib olmoqchi. Ma'lum bo'lishicha, turinliklar Azarni keyinchalik sotib olish sharti bilan ijaraga olmoqchi.