Turinning «Yuventus» klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Krishtianu Ronaldu nima uchun jamoani tark etayotganini tushuntirdi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq futbolchi «Manchester Siti» safiga qo'shilishi ma'lum bo'lgan edi.
«Men u bilan kecha gaplashdim, u menga jamoamizda o'ynashni davom ettirish istagi yo'qligini aytdi. Shuning uchun, u ertaga mashg'ulotlarda qatnashmaydi. Endi «Empoli» bilan bo'ladigan o'yin haqida gapirsam bo'lar», - deydi Allegri bugungi matbuot anjumanida.
Ma'lumot uchun, Krishtianu Ronaldu turinliklar bilan uch mavsumni o'tkazdi. U Italiya A Seriyasi doirasida klubi safida 81 ta gol urdi.