PSJ forvardi Kilian Mbappe faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin.
Mashhur insayder Fabrizio Romanoning xabariga ko'ra, Madridning «Real» jamoasi 22 yoshli hujumchi uchun 160 mln evrolik birinchi rasmiy taklifni jo'natgan.
Parijliklar ushbu taklifga rozilik bildirishganicha yo'q. Frantsiyalik shu paytga qadar PSJ klubining uchta taklifini rad etgandi. Ayni vaqtda Mbappening o'zi ham jamoaning qanday javob berishini kutish bilan band.