"Marca" nashri bosh muharriri Xose Feliks Diasning so'zlariga ko'ra, Mbappe bilan shartnoma imzolash uchun ikkita zarur shart bajarilishi kutilmoqda:
1. Mbappe PSJ bilan shartnomani uzaytirishdan butunlay voz kechishi.
2. PSJning qatarlik egalari transfer muzokaralariga kirishishlari kerak.
Manbaga ko'ra, Mbappeni ko'p yillar davomida "Real" o'yinchisiga aylantirishga bo'lgan urinishlar tez orada haqiqatga aylanishi mumkin.
Qatarliklar egalik qiluvchi PSJ futbol klubi nihoyat, "Real"da o'ynashni istagan futbolchisi borligini tushunib etdi.
Qayd etilishicha, Mbappe endi Madridga har qachongidan ham yaqinroq.