"Real Madrid" jamoasi La Liga 2-turidan o'rin olgan "Levante"ga qarshi safardagi o'yinda ochko yo'qotdi.
O'yin avvalida Beyl hisobni ochgan bo'lsa, ikkinchi bo'lim avvalida Marti hisobni tenglashtirdi. Oradan biroz vaqt o'tib mezbonlar hisobda oldinga chiqib oldi. Zaxiradan maydonga tushgan Vinisius esa 73-daqiqada yana hisobni 2-2 ko'rinishiga keltirib qo'ydi. 80- daqiqada Pirning golidan so'ng mezbonlar ikkinchi bor oldinga chiqib oldi, ammo yana o'sha yosh Vinisius gol urib, shiddatli kechgan bahsda durang bo'lishini ta'minlab berdi. Shuningdek, 88-daqiqada "Levante" darvozaboni qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.
Mazkur durangdan so'ng "qirollik klubi" o'z ochkolarini 4 taga etkazib qo'ydi.