"Levante" – "Real Madrid" 3:3"Syudad de Valensiya" o'yingohi
Gollar: 0:1 – 5 Beyl, 1:1 – 46 Roxer Marti, 2:1 – 57 Kampanya, 2:2 – 73 Vinisius Junior, 3:2 – 79 Rober, 3:3 – 85 Vinisius Junior.
"Levante" – Fernandes, Miramon, Vezu, Rober, Klerk, Kampanya (Bardi, 78), Radoya, Melero (Martines, 66), Morales (Kantero, 79), Roxer Marti (Malsa, 67), De Frutos (Enrik Frankesa, 86).
Real Madrid – Kurtua, Nacho, Militao, Alaba, Isko (Asensio, 59), Kazemiro, Valverde (Yovich, 82), Vaskes (Karvaxal, 65), Benzema, Beyl (Rodrigo, 59), Azar (Vinisius Junior, 59).
Ogohlantirish: Klerk (28), Melero (41), Kampanya (58), Militao (58), Rodrigo (90).
CHetlatish: Fernandes (87).
La Liga musobaqa jadvali va to'purarlar ro'yxati
Levante Roger - 46', Jose Campana - 57', Rober - 79' LaLiga . 2-tur 23/08/2021, 01:00 Real Madrid Gareth Bale - 5', Vinicius Junior - 73', Vinicius Junior - 85' Stadion: Estadio Ciudad de Valencia, 9838 tomoshabin Bosh hakam: Guillermo Cuadra
Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.
YANGILASH
90+6-daqiqa. Bo'ldi, hakam ushbu shunchaki zo'r o'yin yakunlangani haqidagi hushtagini chaldi. 6 ta gol, qizil kartochka, yana bir dunyo ehtiroslar... La Liga zerikarli deydiganlar shu o'yinni takroran ko'rishsa yomon bo'lmasdi! Xayr, salomat bo'ling!
"Levante"ning zaxiradan o'yinga qo'shilgan posboni uchrashuvda 0 ta seyv amalga oshiribdi.
90+5-daqiqa. "Real" ketma-ket burchak zarbalarini amalga oshirmoqda.
90+4-daqiqa. To'rtinchi qo'shib berilgan daqiqada ham "Levante" qo'rqmay hujumga boryapti.
90+3-daqiqa. Benzema o'yindan tashqari holatda...
90+2-daqiqa. Ogohlantirish! Rodrigo hakamga noroziligini ochiqchasiga bildirgani uchun kartochka oldi.
Bu vaqt davomida "Real" yana g'alabani o'z tomoniga og'dirishga urinadi.
90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi.
87-daqiqa. QIZIL KARTOCHKA! "Real"ning qarshi hujumini maydonning o'rtalarida qo'li bilan o'ynab, uzib qo'ygani uchun darvozabon Aytor Fernandesga qizil kartochka ko'rsatildi.
86-daqiqa. Endi "Levante" hujumga o'tdi. Mezbonlarni autsayder deganlar uxlab qolmadingiz-mi?
86-daqiqa. GOOOOOL! Vinisiusdan dubl. Daxshat o'yin, juda chiroyli gol!
83-daqiqa. Luka Yovich penalti so'rab, jarima maydonchasi ichida yiqilib tushdi, lekin hakam offsaydni qayd etdi.
82-daqiqa. "Levante" vakili Alexandro "Real"ni kechirdi. U qulay vaziyatda darvozani nishonga ololmadi.
79-daqiqa. GOOOOL! Rober yana mezbonlarni oldinga olib chiqmoqda. Golli uzatma muallifi David Alaba...
77-daqiqa. O'yin tempi yuqori, murosasiz kurash bo'layotgan bir pallada hakam barchani yana bir bor suv ichib olishga chorladi.
75-daqiqa. Uchrashuvning so'nggi daqiqalari yanada qiziqarli bo'lishi turgan gap. Har ikki jamoa ham buyog'iga ko'proq g'alabaga intiladi. Sababi mezbonlar hisobda oldinda edi va ular bugun yutish mumkinligiga ishonib ulgurgan, muvozanatni tiklagan "Real" esa endi g'alabani ham ilib ketish umdida ekanligi turgan gap.
73-daqiqa. GOOOOOL! Vinisius hisobni tenglashtirdi! Kazemirodan ajoyib uzatma.
71-daqiqa. "Real" raqibni deyarli jarima maydonchasi ichiga "qamab qo'ygan", lekin chinakam xavfli vaziyat yarata olmayapti.
Anchelotti ham xayron, u ham ikkinchi bo'limda nimalar bo'lganini tushunmay