Jurnalist Xose Luis Pisarro xabariga ko'ra, Parij klubi egasi, Qatar amiri Mbappe sotilishiga rozilik berdi.
Manbaning qo'shimcha qilishicha, parijliklar Mbappe transferi uchun "Real"dan 150 million evro va ikki o'yinchi (Kazemiro va Mendi)ni so'ragan.
"Qirollik klubi"ni bu shartlar qoniqtirmayapti, chunki ular o'z futbolchilari bilan xayrlashmoqchi emas.