Madridning "Real" klubi sobiq sardori jamoadan ketishni xohlamaganligi haqida aytib o'tdi.
Marca nashrining xabar berishicha, "PSJ" himoyachisi Serxio Ramos "Real"da qolishga bor kuchi bilan harakat qilgan. Manbaga ko'ra, futbolchi hatto jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelottiga qo'ng'iroq qilib, klub prezidenti Florentino Peresga unga ikki yillik shartnoma berishni aytishga ko'ndirgan. Lekin kutilmaganda, italiyalik mutaxassis Peres bilan kelisha olmadi va hozir Ramos Parijda.
Eslatib o'tamiz, Serxio 2005 yildan 2021 yilgacha "Real"da o'ynagan va shu yozda erkin agent sifatida jamoani tark etgan. Iyul boshida u parijliklar bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Serxio Ramos shu kungacha parijliklar safida birorta ham o'yin o'tkazmagan.