Xakkerlar ushbu haftada 2-marta katta klublarning twitterdagi rasmiy sahifasini buzishdi. Oldinroq xakkerlar "Barselona"ning twitterdagi rasmiy sahifasini buzib kirishgan va "PSJ" futbolchisi Anxel Di Mariyani rasman "Barsa"ga o'tganligini e'lon qilishgan edi.
Bu safar esa ular "Real"ning "twitter" va "facebook"dagi sahifalari buzib kirib Lionel Messini "Real"ga o'tganligini e'lon qilishdi.