Erling Xolandning "Borussiya Dortmund"dagi davri nihoyasiga etmoqda. Evropaning bir nechta gigant klublari futbolchini nishonga olishgan, shuning uchun deyarli barcha ommaviy axborot vositalari uning ketishi haqida gapirishmoqda.
To'g'ri, norvegiyalikning transferi qachon amalga oshirilishi aniq emas - qishda yoki kelasi yilning yozida. Gap shundaki, avvalroq futbolchining o'zi boshqa klublar bilan muzokara olib borishi haqidagi band 2022 yilda kuchga kirishi kerakligi aytilgan edi. Ammo, Marca nashri xabar berishicha, potentsial xaridorlar 1 sentyabrdan boshlab Xoland shartnomasidagi kompensatsiyadan foydalanishlari mumkin bo'ladi.
Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, futbolchiga asosiy da'vogar "Manchester Yunayted" bo'lib, u qishda "Real" va "Bavariya"ga raqobat o'rnatishga harakat qiladi.
Eslatib o'tamiz, hujumchining tovon puli 75 million evroni tashkil qiladi va nemis klubi Xoland bilan yangi shartnoma imzolashga harakat qilishmoqda.