Shu hafta oxirida «Yuventus» A Seriya ochilish uchrashuvini safarda «Udineze»ga qarshi o'tkazadi.
Uchrashuv arafasida jamoa murabbiyi Massimiliano Allegri jamoaning umumiy holati haqida ma'lumot berib o'tdi.
Bosh murabbiy futbolchilarining oxirgi yig'inni yaxshi o'tkazganliklari va yangi mavsumga tayyor ekanligini ta'kidladi.
Italiyalik mutaxassis Krishtianu Ronalduning holatiga ham to'xtaldi. Uning aytishicha, portugaliyalik faqat murabbiylar shtabi unga dam berishni zarur deb bilgani uchun o'rtoqlik o'yinida qatnashmagan.
Allegrining aytishicha, shaxsiy suhbat chog'ida Krishtianu unga mavsum oxirigacha «Yuventus»da qolishga va'da bergan.