«Real» sobiq himoyachisi Serxio Ramos jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelottining futbolchiga jamoada qolishiga yordam berishidan umid qilgan edi. Bu haqda ispan OAV xabar bermoqda.
Ramos dastlab «Real»dan ketishni xohlamagandi. O'z navbatida Anchelotti ham «qirollik klubi» rahbariyatiga bu borada bosim o'tkazgan va Ramosni jamoada olib qolish kerakligini talab qildi.
Biroq bularning hech biri yakunda ish bermadi, Peres o'z bilganidan qolmadi.
Eslatib o'tamiz, yakunda Serxio Ramos «Real»ni erkin agent sifatida tark etdi. Ispan himoyachisi «PSJ» bilan shartnoma imzoladi.