"Real" hujumchisi Karim Benzema yangi shartnomaga imzo chekkach, o'z hissiyotlari bilan o'rtoqlashdi.
«Jahonning eng buyuk jamoasidagi tarix men uchun davom etadi. Bu erda to'p tepish men uchun sharaf. Uzoq yillar davomida menga bildirilgan ishonch uchun minnatdorchilik bildiraman. Hech qachon taslim bo'lmayman. Olg'a, «Madrid», – deya yozdi Karim Benzema ijtimoiy tarmoq orqali.
Eslatib o'tamiz, Karim «Madrid» bilan shartnomani 2023 yilning yoziga qadar uzaytirdi.