O'zbekiston milliy jamoasi sobiq bosh murabbiyi Vadim Abramov yozgi transfer paytida «Jenoa»dan «Roma»ga o'tgan Eldor Shomurodov haqida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Shomurodovning «Roma»ga o'tgani meni hayron qoldirmadi. Ayniqsa, uning «Jenoa» safida urgan gollarini inobatga olgandi. Men terma jamoa murabbiyi sifatida genuyaliklar o'yinini kuzatib bordim va hayron bo'ldim. "Jenoa"ni bunchalik kuchsiz jamoa deb o'ylamagandim. Eldor esa o'zini ko'rsata oldi. Bu qiyin bo'ldi. U yuqori iqtidor egasi. Har kim ham «Jenoa» tarkibida o'zini ko'rsata olmaydi.
Hujumchi esa sheriklariga bog'liq o'yinchi. U erda jamoa hujumchini zarbavor vaziyatga chiqara oladigan futbolchi yo'q ejdi. Shunga qaramay, Eldor etarlicha gol urdi. «Roma»da esa gol urish oson bo'ladi. Agar Ronaldu «Jenoa»ga o'tsa, «Yuventus»dagi natijasini takrorlay olmaydi.
"Roma" safidagi dastlabki 2ta o'yinda urilgan 2ta gol Mourinoda yaxshi taassurot qoldirgan bo'lishi kerak. Lekin gol urganiga qaramay, keyinchalik asosiy tarkibdan o'rin olmaslik mumkin. Jeko yoki Jiruga moslashish uchun vaqt berilishi mumkin, ammo Mourino Eldordan darhol natija kutadi. Bunday raqobatda engib chiqish Eldorning o'ziga bog'liq. Buning uchun barcha imkoniyatlar mavjud.
Nazarimda, Shomurodov "Roma"dan ham kuchliroq jamoada o'ynab keta oladi. Eldor hech kimdan kam emas. Unga golli vaziyat yaratib beradigan sheriklari borasida omadi chopsa, u o'zini ko'rsata oladi. Biz Shomurodovni «Real» va «Barselona» kabi eng kuchli jamoalarda ham ko'rishimiz mumkin. Hozir bu fantastika bo'lib ko'rinishi mumkin, ammo u amalga oshirsa bo'ladigan ish», — dedi Abramov «VseProSport»ga bergan intervyusida.