"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe yozda "Real"ga o'tishi mumkin.
Frantsiyalik hujumchi "qizil-ko'klar" bilan yangi shartnoma imzolashdan bosh tortdi va allaqachon o'z qarorini jamoa oliy rahbariyatiga ma'lum qildi.
Marca nashri xabariga ko'ra, "Real Madrid" futbolchining agentlari va vositachilari bilan muzokaradan bosh tortgan va hozircha "PSJ"ga rasmiy taklif bilan chiqmagan.
Manbaning ta'kidlashicha, "qaymoqranglilar" prezidenti Florentino Peres Parij klubi xo'jayini, Qatar amiri Tamim bin Hamad Al Taniy bilan shaxsan muzokara o'tkazmoqchi.
Qayd etilishicha, faqat Al Tani Mbappening kelajagi haqida qaror qabul qiladi va agar u Kilianni qo'yib yuborishga rozi bo'lsa, u holda "Real" futbolchining transferi bo'yicha muzokaralarni boshlashi mumkin bo'ladi.