"Borussiya Dortmund" va Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Holand faoliyatini "Real"da davom ettirishi mumkin.
Ispaniyalik jurnalist Siro Lopesning so'zlariga ko'ra, "qirollik klubi" dortmundliklar bilan 2022 yilning yozida forvardni transferi bo'yicha oldindan kelishib olgan.
Manbaga ko'ra, futbolchiga bir qator ingliz klublari da'vogarlik qilgan, ammo u faqat "qaymoqranglilar" libosda o'ynashni istamoqda.
Eslatib o'tamiz, 2022 yilning yozida norvegiyalik shartnomada belgilangan kompensatsiya miqdori 75 million evroga teng bo'ladi.