"Real" himoyachisi Rafael Varan jarohati sabab Ispaniya chempionati 2-tur uchrashuvini o'tkazib yuborishi mumkin.
Jarohatning qanchalik jiddiy ekanligi haqida aniq ma'lumot berilmagan, biroq futbolchi "Valensiya"ga qarshi baxsni o'tkazib yuborishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, "Valensiya"ga qarshi uchrashuvda Serhio Ramos diskvalifikatsiyasa sabab o'tkazib yuborishi mumkin, shuningdek, yana bir markaziy himoyachi Xesus Valexo ham endigina jarohatidan tuzaldi va umumiy guruh bilan mashg'ulotga kirishganicha yo'q.