«Real» yarimhimoyachisi Isko faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi Mundo Deportivo. Malum bo'lishicha, futbolchiga «Milan» qiziqish bildirmoqda.
Iskoning «Real» bilan shartnomasi 2022 yilning iyunigacha amal qiladi, shuning uchun Madrid klubi bu mavsumning o'zidayoq futbolchini pullab qolmoqchi.
Manbaga ko'ra, «qaymoqranglilar» ispanni 20 million evroga sotishga tayyor. «Milan» yarimhimoyachi atrofidagi vaziyatni kuzatmoqda, ammo ular bu summani to'lashga tayyor emas.
Eslatib o'tamiz, Isko 2014 yilda «Malaga»dan 30 million evro evaziga «Real»ga ko'chib o'tgan edi.