Londonning «Arsenal» klubi norvegiyalik yarimhimoyachi Martin Edegorni ortga qaytaradi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano o'z tvitteri orqali xabar berdi.
Ingliz klubi yarimhimoyachi bilan doimiy shartnoma imzolaydi. Ayni paytda tomonlar kelishuv tafsilotlarini muhokama qilishmoqda.
Avvalroq, «qaymoqranglilar» skandinaviyalik bilan 30 million evroga xayrlashishga tayyor ekani haqida xabar berilgandi.
Edegorning o'ziga 2026 yilning o'rtalariga qadar hisoblangan uzoq muddatli shartnoma taklif qilinadi.
2020/2021 yilgi mavsumda Martin Premer-ligada 14 ta o'yin o'tkazdi. U bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.