"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu rahbariyat oldiga juda katta moliyaviy talabni qo'ygan.
El Mundo Deportivo xabariga ko'ra, avvalroq 32 yoshli futbolchi klub prezidentidan o'zini dunyoning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisi qilishni so'ragan, ammo Peres uning iltimosini erda qoldirgan edi. Biroq, Ronaldu moliyaviy talabini pasaytirmoqchi emas va rahbariyatdan shartnoma bandlarini qayta ko'rib chiqishni so'ramoqda.
Ma'lumot o'rnida, hozirgi paytda Ronaldu "Real"da yiliga 25 mln evro maosh olmoqda. U "PSJ" klubida 30 mln evro maosh oluvchi Neymardan orqada bormoqda. Agar Messi "Barselona" bilan yangi shartnoma imzolasa, uning maoshi 40 mln evroga etadi va har ikkalasidan ham o'zib ketadi.